Biz haqimizda
Sovgʻaber — sovgʻa sertifikatlari marketpleysi
Sovgʻaber orqali siz Oʻzbekistondagi doʻkonlarning sovgʻa sertifikatini bir necha daqiqada sotib olib, uni telefon raqamiga yuborasiz. Oluvchi sertifikatni doʻkonda QR kod orqali ishlatadi — balansdan bir necha marta foydalanish mumkin.
Nima uchun Sovgʻaber?
- Sovgʻa bir necha daqiqada — qogʻoz vaucher kerak emas;
- oluvchi sovgʻani oʻzi tanlaydi;
- balans toʻliq ishlatilgunicha saqlanadi;
- toʻlov Click orqali, xavfsiz.
Platforma operatori — OOO «Ruvex».